Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2019-2020 yillarda OTMga qabul qilinuvchi talabalar soni 20 foizga oshishi mumkin

2019-2020 yillarda OTMga qabul qilinuvchi talabalar soni 20 foizga oshishi mumkin

Foto: Hasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Oxirgi ikki yilda oliy ta’lim muassasalariga yoshlarni qabul qilish bo‘yicha qamrov 9 foizdan 15 foizga oshdi.

Bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida 361 739 nafar bakalavrlar 276 ta ta’lim yo‘nalishlarida, 11 744 nafar magistrantlar 433 ta mutaxassisliklarda tayyorlanmoqda. Jami – 373 483 nafar talaba tahsil olmoqda.

Respublikada oliy ta’lim muassasalari soni yangi tashkil etilgan mahalliy hamda nufuzli xorijiy universitetlar va filiallar hisobiga so‘ngi ikki yilda 75 tadan 100 taga yetdi.

Natijada oliy ta’lim muassasalariga talabalar qamrovi kengayib, joriy o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda talabalar soni 10 ming nafardan oshdi:

1. Samarqand davlat universiteti – 13 047 nafar;
2. Urganch davlat universiteti – 12 824 nafar;
3.Toshkent davlat texnika universiteti – 11 618 nafar;
4. Buxoro davlat universiteti – 11 385 nafar;
5. Termiz davlat universiteti – 10 992 nafar;
6. Farg‘ona davlat universiteti – 10 586 nafar;
7. Qarshi davlat universiteti – 10 412 nafar;
8. Andijon davlat universiteti – 10 377 nafar;
9. Qoraqalpoq davlat universiteti – 10 087 nafar;
10. O‘zbekiston milliy universiteti – 10 000 nafar;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019-2020 o‘quv yilida mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish yo‘lida amaliy harakatlarni boshlab yubordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring