Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6-avgust uchun test natijalari e’lon qilindi

6-avgust uchun test natijalari e’lon qilindi

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining oltinchi kuni – 6-avgust natijalari quyidagicha qayd etildi.

Test sinovlari 16 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 57 832 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 208,2.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 150,6 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 112,6;

to‘lov-kontrakt – 86,4 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 208,2 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudensiya» (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 150,6 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudensiya» (qoraqalpoq) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring