Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlarning test sinovlarida qatnashishi nega pullik bo‘lmoqda?

Abituriyentlarning test sinovlarida qatnashishi nega pullik bo‘lmoqda?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 23-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab test sinovlariga kiritilgan muhim o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor, 2019-yil 15-fevralda «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Loyihada joriy yilda maktab, litsey va kollejlarni yakunlagan bitiruvchilar uchun test sinovlariga hujjat topshirish bepul, o‘tgan yil va undan oldingi davrda o‘qishni tugatgan abituriyentlar esa test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdorida (hozirgi kunda 202 730 so‘m) to‘lovni amalga oshirishi tartibi taklif qilingan. Bu taklif qilingan tartib jamoatchilik orasida keng muhokamalarni keltirib chiqardi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, bugungi anjumanda Davlat test markazi vakili «test sinovlarida ishtirok etish nega pulli bo‘lmoqda, bu pullar keyin qayerga sarflanadi» degan savolga javob qaytargan.

«Abituriyentlar bizdan haqqoniylikni ta’minlashimizni talab qilishmoqda. Test jarayonida aksariyat abituriyentlar 15-20 daqiqada imtihondan chiqib ketadi. Bu tushunarsiz holat, chunki test savollarini buncha vaqt ichida yechishning imkoni yo‘q. Maqsad shunday nomiga va tasodifan hujjat topshirishning oldini olish. Abituriyentlardan tushgan mablag‘lar test sinovlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan AKT vositalari va kuzatuv kameralari sotib olishga sarflanadi», dedi Davlat test markazi vakili.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring