Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agentlik rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda — dtm.uz o‘rniga uzbmb.uz

Agentlik rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda — dtm.uz o‘rniga uzbmb.uz

Foto: Oliygoh.uz

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan edi.

«Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring