Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Akademik litsey o‘quvchilari Qozog‘istondan 10 ta medal bilan qaytdi

Akademik litsey o‘quvchilari Qozog‘istondan 10 ta medal bilan qaytdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

2019-yil 10-15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmota shahrida dunyoning 18 davlatidan 540 nafar o‘quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli 15-Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quvchilarimiz ushbu nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashib,  1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza — jami 10 ta medalini qo‘lga kiritishdi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyining 3-kurs o‘quvchisi Abbos Sayliyev ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada matematika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Elbek Toshpo‘latov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli o‘quvchilarimiz esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtsiodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring