Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Yel universiteti bitiruvchisi Xalq ta’limi vazirligi jamoasiga qo‘shildi

AQShning Yel universiteti bitiruvchisi Xalq ta’limi vazirligi jamoasiga qo‘shildi

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Yel universiteti bitiruvchisi, Avstriya davlati fuqarosi I.Mitchka universitet bitiruvchilari tarmog‘i orqali mazkur dargohni tamomlagan Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning chaqirig‘iga javoban tizimda boshlangan islohotlarga beg‘araz yordam berish maqsadida Xalq ta’limi vaziri jamoasi maslahatchi sifatida qo‘shildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

I.Mitchka moliya sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lib, xususan dunyodagi yirik investitsion banklaridan biri hisoblangan «Goldman Sachs» (AQSh)da faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun: Yel universiteti (ingl. Yale University) dunyodagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lib, Amerikaning eng nufuzli sakkizta xususiy universitetlari uyushmasi – «The Ivy League»ning a’zosidir.

I.Mitchka Xalq ta’limi vazirligi huzurida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish ustida ish olib borayotgan maxsus ekspert-tahlil guruhida yangi Ta’limni rivojlantirish markazi konsepsiyasini yaratish bo‘yicha ishlamoqda. Ekspert maktab bitiruvchilari zamon talablariga tayyor bo‘lishlari uchun ta’limga yangicha yondashuvlarni joriy etishda xorijlik hamkorlarni jalb etish bilan faol shug‘ullanadi. Xususan, muvafaqqiyatli karera qilish uchun zarur bo‘ladigan quyidagi malakalarni o‘qitishni takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda:

  • dasturlash va AKT imkoniyatlaridan foydalanish;
  • tadbirkorlik ko‘nikmalari va muzokaralar;
  • muvafaqqiyatga erishish uchun o‘quvchilar ishtiyoqini oshirish.

Mazkur maslahatchining jalb qilinishi ta’lim sohasiga eng yangi g‘oyalarni joriy qilish, shuningdek, xorijlik hamkorlar bilan birgalikdagi istiqobolli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring