Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Abduhakimov Samarqandda tashkil etilgan universitetga rektor etib tayinlandi

Aziz Abduhakimov Samarqandda tashkil etilgan universitetga rektor etib tayinlandi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov lavozimini saqlab qolgan holda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur oliy ta’lim muassasasining birinchi rektori hisoblanadi.

Aziz Abduhakimov 2014—2017-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan.

2017-yil avgust oyida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi vazifasida ish boshlagan.

2018-yilning may oyida u Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlandi va ayni paytda shu yo‘nalishdagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti Prezidentning 2018-yil 28-iyundagi qarori asosida tashkil etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring