Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DTM direktori: «Bizda agar universitetning 10 foiz talabasi o‘qishdan ketsa, ertasiga rektor ham ishdan haydaladi»

DTM direktori: «Bizda agar universitetning 10 foiz talabasi o‘qishdan ketsa, ertasiga rektor ham ishdan haydaladi»

Foto:«Xabar.uz»

«Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamasida imtihon formatini o‘zgarishi ham ko‘zda tutilgandi. Masalan, test fanlari majmuasini ikki bo‘limga ajratib, 1-bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limga da’vogarlik qilinayotgan ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritish belgilangan edi.

DTM rahbariyati bilan bo‘lgan anjumanda jurnalistlar mazkur jarayon imtihon jarayonini yanada murakkablashtirishi holatiga e’tibor qaratishdi. Masalan bloger Aziza Qurbonovaning fikricha, matematika fakultetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan da’vogar 1-bo‘limda ham, 2-bo‘limda ham matematika bilan bog‘liq savollarga duch keladi. Bu holat avvalgidek, «kirish qiyin, o‘qish-oson» qabilida bo‘lmaydimi? Rivojlangan davlatlar kabi kirish imtihonlarini osonlashtirib, o‘qishning birinchi bosqichidayoq talabalarni saralab olish kerakligi xususida savol berildi.

Foto:«Xabar.uz»

DTM direktori Majid Karimoving fikricha, test imtihonlarini ikki bo‘limga ajratish tajribasi ta’lim rivojlangan davlat tajribasidan andoza olingan. Qolaversa, bu masala hali muhokamada, yakdil qaror qabul qilinmagan. «Kirish imtihonlarida barchani qabul qilib, birinchi semestrda o‘tolmaganlarni javobini berish bizga hozircha to‘g‘ri kelmaydi. Domlaga yopishib oladi talabalar, qoldirmang deb. Shunday sharoitda bu usulni qo‘llash mumkinmi? Qolaversa, sizlar 80 fozi talabani o‘qishdan chetlatish haqida gapiryapsiz, bizda 80 foiz tugul, biror OTMning 10 foiz talabasi o‘qishdan haydalsa, ertasiga rektor ham ishdan ketadi» deb javob berdi DTM direktori.

Oldinroq, DTM rahbari OTMlarga xujjat topshirish nega pullik bo‘lganiga to‘xtalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring