Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadigan OTMlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi

Imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadigan OTMlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: «Sof.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma qaroriga asosan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan ta’lim muassasalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxat 3 ta yirik xalqaro reytinglar asosida ishlab chiqilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.

TIME reyting bo‘yicha 500 talik

ARWU reyting bo‘yicha 500 talik

QS reyting bo‘yicha 500 talik

Ro‘yxatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarning diplomlari «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi. Nostrifikatsiya qilish uchun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekshiriladi.

Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, nostrifikatsiyaning amaldagi tartibini takomillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bundan tashqari hujjatlarni onlayn topshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring