Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internetni «portlatgan» o‘quvchi-qizlar haqida reportaj tayyorlandi (video)

Internetni «portlatgan» o‘quvchi-qizlar haqida reportaj tayyorlandi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning «Muhabbat» qo‘shig‘ini mahorat bilan jonli ijro qilgan qizlar kim ekanligi minglab internet foydalanuvchilar uchun juda qiziq bo‘ldi.

Ijrosi bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan qizlar kosonsoylik ikki o‘quvchi qiz Madina Usubjonova hamda Nurzida Isayevalardir.

Mazkur ijro qizlarga minglab san’at ixlosmandlarining olqishlari, minnatdorchiliklari va tashakkurnomalarini olib keldi.

Qo‘shiqni ajoyib ijroda taqdim etgan iste’dodlarning biri Madina Kosonsoy tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 8-sinfida o‘qiydi, Nurzida esa shu tumanning 45-sonli maxsus maktab-internat o‘quvchisi.

Ayni damga qadar yigirma nafardan ortiq mashhur xonandaning estrada qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro etib kelayotgan iqtidor sohibalari kelajakda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olib, mashhur qo‘shiqchi bo‘lishni maqsad qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring