Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax hokimi stipendiyasi ta’sis etildi: talabalarga har oyda 1 mln. so‘mdan va boshqa imtiyozlar beriladi

Jizzax hokimi stipendiyasi ta’sis etildi: talabalarga har oyda 1 mln. so‘mdan va boshqa imtiyozlar beriladi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori bilan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi.

Filial binosi sifatida Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji tanlab olindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, bugungi kunda bu yerda mazkur OTMga abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni davom etmoqda.

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, viloyatdagi universitet filialiga hujjat topshirib talabalik sharafiga musharraf bo‘lganlarga imtiyozlar ham joriy etilmoqda. Xususan, O‘zMU Jizzax filialida o‘qiydigan talabalarga yaratiladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat: 

  • Filialda to‘liq «5» bahoga o‘qiydigan talabalar uchun 1 mln. so‘mdan viloyat hokimining stipendiyasi beriladi;
  • Bir yilda bir marotaba barcha talabalar uchun qishgi va yozgi kiyimlar bir marotaba bepul beriladi;
  • kontrakt asosida o‘qiydigan («5» baho oluvchi) talabalar uchun kontrakt mablag‘i homiylar tomonidan to‘lab beriladi;
  • Yotoqxonada yashaydigan talabalar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat 4 yil mobaynida homiylar tomonidan yetkazib beriladi;
  • Filialga qabul qilingan talabalar hamda darslarni yuqori saviyada o‘tkazib, yaxshi natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar bir yilda bir marotaba Yaponiya, Rossiya va Janubiy Koreyada bir oy malaka oshirib qaytadilar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring