Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kusherbayev: «Yangi vazirimiz ham avtokratiya yo‘lidan ketdi»

Kusherbayev: «Yangi vazirimiz ham avtokratiya yo‘lidan ketdi»

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilib, bunday OTMlarning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishini qayd etdi.

Vazirning ushbu fikriga Rasul Kusherbayev munosabat bildirib, mantiq va qonun chegarasiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar uzviy davom etayotganini qayd etdi.

«Bu normal jamiyat vaziri emas, «avtoritar rejim»ga xos jamiyat mulozimining tahdidi. Yangi vazirimiz ham avtokratiya yo‘lidan ketmoqda.

Darvoqe, nimalar deyapsan, haddingdan oshma deguvchi akalar: qancha xaspo‘shlamaylik bizni shundoq ham «avtoritar rejim»li davlatlar qatoriga qo‘shib qo‘yishgan. Buning asosiy sababi real ish qolib, ko‘p sohada xo‘jako‘rsinga ishlash, kattalarga «paxta qo‘yish» bilan vaqt o‘tkazayotganimiz.

To‘g‘risi men birorta ham normativ huquqiy hujjatda OTMlar bitiruvchilarni ishga joylashtirishga majburligi haqida qoidani ko‘rmaganman. OTM vazifasi sifatli ta’lim berish va agar tegishli ta’lim darajaga ega bo‘lsa bitiruvchiga diplom tutqazish. Tamom vassalom!», deydi Kusherbayev.

U o‘z munosabati yakunida shunday xulosa chiqaradi: «bu ketishda O‘zbekistonda birorta ham OTM yaqin orada TOP 500 talikka kirmasa kerak».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring