Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarga homiylik qilmoqchi bo‘lgan nomdor kishilar uchun jamg‘arma tuzildi

Maktablarga homiylik qilmoqchi bo‘lgan nomdor kishilar uchun jamg‘arma tuzildi

Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi hamda Jamg‘arma nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma ta’lim muassasalarida uning rahbari buyrug‘i bilan tashkil etilishi mumkin.

Ta’lim muassasalarida Jamg‘armani tashkil etish majburiy emas.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:

-zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilish;

-iqtidorli o‘quvchi va talabalarni shuningdek, kam ta’minlangan oila farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va mukofotlash;

-professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni rag‘batlantirish va boshqalar.

Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida e’lon qilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring