Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda bahorgi ta’til vaqti ma’lum bo‘ldi

Maktablarda bahorgi ta’til vaqti ma’lum bo‘ldi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 2019-yil 21-martdan boshlanib 27-mart kuni yakunlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 28-mart kuni IV chorakning birinchi kuni hisoblanadi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun sport seksiyalari va «Barkamol avlod» bolalar markazlarida to‘garaklar o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilning 23-26-mart kunlari Samarqand shahrida «Ilm-fan – kelajak poydevori» shiori ostida «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar sammiti tashkil etiladi.

Qolaversa, 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fanlar bo‘yicha bilimlar bellashuvining tuman (shahar) bosqichi, 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining 3-bosqichi o‘tkaziladi hamda «Biz buyuk Vatan farzandlarimiz» shiori ostida ta’lim muassasalarining boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolajonlar sport jamoalari», «Yoshlik sport jamoalari» sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.

Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual musobaqa va ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

Shuningdek, respublikamizdagi barcha axborot-resurs markazlari ta’til kunlarida o‘quvchilar uchun muntazir bo‘lib, bu yerda turli mavzularda tadbirlar, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini oshishida xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring