Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MTV delegatsiyasi ishchi tashrifi bilan Xitoyda bo‘ldi

MTV delegatsiyasi ishchi tashrifi bilan Xitoyda bo‘ldi

Foto: MTV matbuot xizmati

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrifi bilan Xitoyda bo‘ldi. Ushbu tashrif Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi taklifiga ko‘ra amalga oshirildi  va uning dasturiga ko‘ra delegatsiya a’zolari Pekin va Shanxayda bo‘lib, ushbu mamlakatning rasmiy vakillari bilan qator uchrashuvlarni o‘tkazishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

9-aprel kuni delegatsiya a’zolari XXR tashqi ishlar vazirligida bo‘lib, vazir o‘rinbosari Chjan Xanxuey bilan uchrashdilar. Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu tizimga Xitoy investitsiyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Foto: MTV matbuot xizmati

Shu kuni delegatsiya a’zolari ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sun Yao bilan ham uchrashishdi. Unda ta’lim sohasida tajriba almashish, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari uchun Xitoyda o‘quv kurslari tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

MTV delegatsiyasining XXR ga tashrifi doirasida 11-aprel kuni ishchi guruh ushbu mamlakatning  nufuzli tashkilotlaridan biri bo‘lgan «Sun Sinlin jamg‘armasi»ga bordi.

Foto: MTV matbuot xizmati

O‘tgan yili o‘z faoliyatining 35 yilligini nishonlagan ushbu jamg‘arma Xitoyning ta’lim va madaniyat markazlarini o‘zida birlashtirib, xalqaro miqyosda gumanitar faoliyat olib boradi va ushbu yo‘nalishda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash bo‘yicha  markazlarga ko‘mak ko‘rsatadi. Delegatsiya a’zolari ushbu jamg‘arma rahbariyati bilan uchrashdilar, shuningdek jamg‘arma qoshidagi MTM faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Delegatsiya a’zolari 12-aprel kuni Shanxay shahri meriyasida bo‘lib, shahar vitse-meri Syu Kunlin bilan uchrashdilar.            

Shu kunning o‘zida «Andersen» xalqaro maktabgacha ta’lim muassasasiga ham safar uyushtirilib, uning qoshida tashkil etilgan  «Bolalar uchun xavfsiz o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi» faoliyati bilan tanishildi. MTM qoshidagi «Andersen ertaklari» bog‘i delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring