Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Nizomga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limiga bir qator hujjatlar bilan birgalikda yashash joyidan tavsifnoma hamda oila a’zolari soni haqidagi ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim edi.

O‘zgartirishlarga asosan mazkur talab bekor bo‘ldi.

Endilikda ishlayotgan (o‘qiyotgan) nomzodlargina ish (o‘qish) joyidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma olib kelishi lozim. Ishlamayotgan (o‘qimayotgan) nomzodlardan bu hujjatlar talab qilinmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring