Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Mustahkam oila — baxtli maktab” mavzusida festival o‘tkazildi

“Mustahkam oila — baxtli maktab” mavzusida festival o‘tkazildi

Mirobod tumanida joylashgan 214-maktabda ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, ijtimoiy ma’naviy muhitni yaxshilash hamda maktabning texnik bazasini takomillashtirish maqsadida “Mustahkam oila — baxtli maktab” mavzusida “Ochiq darslar festivali” o‘tkazildi.

Ushbu festivalda maktabda tashkil etilgan Kuzatuv kengashi azolari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirga Toshkent shahar xalq talimi bosh boshqarmasi, tuman hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, tuman Yoshlar Ittifoqi, Mirobod tumani xalq ta’limi bo‘limi, xalq deputatlari, boshqa maktablardan o‘qituvchilar, ota-onalar, sobiq bitiruvchilar taklif etildi.

Caption

Haftaning har juma kunida manaviyat kuni o‘tkazilishi tufayli ushbu festival ham aynan juma kuniga belgilandi.

Tadbir jarayonida “O‘zbek milliy akademik drama teatri” aktyorlari bilan uchrashuv ham o‘tkazildi. Ota-onalar uchun psixologik treninglar, ochiq darslar tashkil etildi.

Latofat Sa’dullayeva

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring