Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti laureati O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nobel mukofoti laureati O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Ryodzi Noyorining O‘zbekistonga tashrifi yurtimiz ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalqaro Nobel fondi bilan kelishilgan holda tashkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro tashkilot tomonidan mamlakatimiz jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining tan olinishi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga bo‘lgan munosabatining e’tirofidir, deb yozmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati. 

Delegatsiya a’zolarining Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Ryodzi Noyori o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar, olimlar bilan uchrashadi, ular uchun ma’ruza qiladi. Nagoya universiteti delegatsiyasi a’zolari ishtirokida o‘zbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati hamda Samarqandga tashrif ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring