Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy o‘quv yurtiga hujjatlar 1 maydan topshirilishi rejalashtirilgan, onlayn yuborish mumkin

Oliy o‘quv yurtiga hujjatlar 1 maydan topshirilishi rejalashtirilgan, onlayn yuborish mumkin

Foto: «Google.com»

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1-maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topishirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

Quyida Sizga hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalarni taqdim etmoqdamiz.

1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma’lumotlarini to‘ldirish.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. O‘quv shaklini (kuduzgi, kechgi, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).

Shundan so‘ng arizangiz ko‘rib chiqish uchun yuborilib, Sizga bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring