Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi nufuzli QS kompaniyasi bilan oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qiladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni masalalar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va QS kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zayseva ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Muzokaralarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kirtish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va bu borada jahon tajribasini tatbiq etish, QS kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kenagytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov va Zoya Zayseva ishtirokida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun videkonferensiya tashkil etilib, xalqaro reyting talablarini bajarish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring