Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda Rossiya universitetining filiali ochildi (foto)

Olmaliqda Rossiya universitetining filiali ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Olmaliq shahrida Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Xabar.uz» muxbiri ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, O‘zbekiston oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, «MISiS» rektori Alevtina Chernikova va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: «Xabar.uz»

«Muassasamizda nazariyot va amaliyot uyg‘unligiga juda katta e’tibor qaratiladi. O‘quv jarayoniga amaliyotchi mutaxassislarni ham jalb qilmoqdaman. Ushbu filial respublikada muhim o‘ringa ega oliy ta’lim muassasasi bo‘ladi», dedi filial direktori Farhodbek Umarov.

«MISiS» rektori Alevtina Chernikova ushbu filial talabalari bakalavriat va magistratura bosqichlarini Rossiyada davom ettirish imkoniga ega bo‘lishlarini ta’kidladi.

«Shuningdek, Moskva orqali onlayn rejimda dars mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi. Mazkur universitetni bitirgan talabalar IELTS serfikatiga ega boladi», — qayd etdi rektor.

Eslatib o‘tamiz, filial Prezidentning 2018-yil 11-maydagi PQ-3714-son Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgan.

Foto: «Xabar.uz»

«MISiS» filialiga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berilgandi.

2018/2019-o‘quv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda «MISiS» MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring