Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya tajribasi: Bir o‘quvchi boshqa o‘quvchining baholarini bilmasligi kerak

Finlyandiya tajribasi: Bir o‘quvchi boshqa o‘quvchining baholarini bilmasligi kerak

Foto: «Actualyse.com»

Toshkent shahridagi Inxa universiteti (IUT) hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maxsus maktab o‘qituvchilari ta’lim sohasida Finlyandiyaning ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetida C.O.N.E. (Center of New Education) markazining vakillari Tatyana Dolganenko va Kamilla Sultanova bilan veb-seminar bo‘lib o‘tdi.

C.O.N.E. markazining maqsadi — dunyodagi ta’lim tizimiga mazkur sohadagi ilg‘or, xususan, Finlyandiyaning innovatsion ta’limi va tajribalarini o‘rganish va ularni keng targ‘ib qilgan holda hissa qo‘shishdir.

Finlandiya «The Legatum Prosperity Index 2017»ning jahon reytingida «Ta’lim» toifasi bo‘yicha dunyodagi 149 davlat orasida 3-o‘rinni egallagan.

Tatyana Dolganenko va Kamilla Sultanova barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan Finlyandiya ta’lim tizimi haqida so‘zlab berishdi.

Finlyandiyada ta’lim barcha bosqichlarda, maktabgacha ta’limdan oliy ma’lumotga qadar bepul. Shuningdek, Finlyandiyada ta’limning asosiy prinsiplaridan biri sifatli ta’lim va o‘qitish barcha insonlar uchun bir xil bo‘lishi kerak. Barcha fuqarolar etnik kelib chiqishi, yoshi, mulkiy maqomi yoki yashash joyidan qat’i nazar, bir xil ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

C.O.N.E. markazi vakillarining qayd etishicha, Finlyandiyada o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga teng ravishda munosabatda bo‘lishadi. Bunda, bir o‘quvchi boshqa o‘quvchining baholarini bilmasligi kerak.

Finlyandiyada elektron baholash tizimi mavjud bo‘lib, ular orqali o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlarining o‘zlashtirishlarini kuzatib borishlari mumkin.

Ta’lim tizimi individual yondashuv, ishonch, ixtiyoriylik va mustaqillik kabi prinsiplarga asoslangan.

Mamlakatda o‘qituvchi kasbining obro‘-e’tiborini mustahkamlashga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlandi. Finlyandiyada o‘qituvchilar bolalarning maxsus ko‘nikmalari va qiziqishlarini rivojlantirish uchun ularni doim qo‘llab-quvvatlashadi.

Vebinar davomida O‘zbekistonning o‘qituvchilari ta’lim sohasiga yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish haqida ma’lumot olishdi. Xususan, Tatyana Dolganenko va Kamilla Sultanova viktorina va bahs-munozara yaratishga imkon beruvchi “Kahoot» kabi vosita to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

— Katta qiziqish uyg‘otgan masalalardan biri o‘quvchilarning salohiyatini aniqlashda o‘qituvchilarning o‘rni bo‘ldi, — deydi matematika o‘qituvchisi Mariya Glazirina. — Sababi hech kimga sir emas, o‘quvchining asosiy maqsadi kelajakda qanday kasbni egallaydi va bunda u olayotgan bilimlar qanchalik kerak bo‘ladi.  Buning uchun esa sen bu dunyoda kimsan va qanday ishlarni amalga oshirayotganingni tushunishing muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, Finlyandiya pedagoglari tomonidan ishlatiladigan usullar haqida ko‘proq bilishni istardim. Shundagina bolaga o‘z qobiliyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarish uchun qaysi yo‘ldan borishi kerakligini tushuntirishimiz oson kechardi.

«Shuningdek, o‘g‘il-qizlarning fin maktablardagi kabi olayotgan bilimlarini real hayotga yaqinlashtirish, berilayotgan bilimlarning amaliy qismini kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari, uyg‘unlashtirilgan darslar shakli, fanlarning o‘zaro aloqasi, uslublar to‘g‘risida bilib olish qiziqarli edi. Integratsiya dars shakllari, fanlararo ulanishlar chuqurlashtirish, maktab real hayotga natijasida bilim olib imkonini beradi usullari haqida bilib olish uchun qiziqarli bo‘ldi. Bu savollarning barchasi hozirda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar jarayonida u yoki bu darajada ko‘tarilgan», — qo‘shimcha qildi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring