Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTM rektorlariga xorijiy fuqarolar uchun kontrakt narxini mustaqil belgilash huquqi berilmoqda

OTM rektorlariga xorijiy fuqarolar uchun kontrakt narxini mustaqil belgilash huquqi berilmoqda

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari)ga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda xorijlik fuqarolarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilash huquqi beriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Vazirlik huzurida «Study in Uzbekistan» («O‘zbekistonda tahsil ol») PR-markazi tashkil etiladi.

PR-markazining asosiy vazifalari jahon axborot makonida O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish, ta’lim sohasidagi salohiyatini targ‘ib qilish, axborot materiallarini tayyorlash, diplomatik vakolatxonalar tomonidan PR-markaz bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari kunlarini tashkil qilish, mahalliy oliy ta’lim muassasalarini faol reklama qilish, taqdimotlar o‘tkazish, axborot materiallari tarqatish va boshqalardan iborat.

Tashqi ishlar vazirligi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan PR-markazi bilan birgalikda xorijlik fuqarolarni O‘zbekistonda ta’lim olishga keng jalb qilish uchun doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring