Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda to‘lov-shartnomani bajarish muddati uzaytirildi

OTMlarda to‘lov-shartnomani bajarish muddati uzaytirildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining  bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi. Unga ko‘ra talabalar 2018-2019 o‘quv yilining qolgan qismi uchun joriy yilning 15-apreligacha to‘lashi mumkin.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy kanali xabar qildi. 

Avvalroq, ikinchi yarim yillikda kontrakt narxlarida o‘zgarishlar bo‘lgani xususida xabar bergan edik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring