Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim inspeksiyasi OTMlarning bitiruvchilari sifatini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Ta’lim inspeksiyasi OTMlarning bitiruvchilari sifatini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan milliy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining sifatiga va OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqasiga baho berish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda. 

Berilgan javoblar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan qat’iy sir saqlanadi va uning natijalari faqat umumlashtirilgan holda ishlatiladi.

«So‘nggi besh yil ichida kadrlar masalasida Sizning idora(tashkilot)ngiz bilan faol aloqada bo‘lib kelayotgan bir nechta OTMlarni tanlab, bitiruvchilarining sifatiga va OTMning ish beruvchilar bilan hamkorligiga baho bering. So‘rovnoma savollariga to‘g‘ri va xolisona javob berishingizni iltimos qilamiz»,-deyiladi inspeksiya xabarida.

So‘rovnomaga ushbu havola orqali kirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring