Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda har 25-inson — talaba

O‘zbekistonda har 25-inson — talaba

Foto: Xabar.uz

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich 1991/1992-o‘quv yiliga nisbatan 1 mln 197,6 ming nafar ko‘p yoki qariyb 4,6 barobarga oshgan.

Talabalar sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:

1991/1992-o‘quv yili — 337,4 ming nafar;

1995/1996-o‘quv yili — 192,1 ming nafar;

2000/2001-o‘quv yili — 183,6 ming nafar;

2005/2006-o‘quv yili — 278,7 ming nafar;

2010/2011-o‘quv yili — 274,5 ming nafar;

2015/2016-o‘quv yili — 264,3 ming nafar;

2020/2021-o‘quv yili — 571,5 ming nafar;

2021/2022-o‘quv yili — 808,4 ming nafar;

2022/2023-o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar;

2023/2024-o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar;

2024/2025-o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar;

2025/2026-o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring