Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMUda «Lomonosov-Mirzo Ulug‘bek» ilmiy-o‘quv markazi ochildi

O‘zMUda «Lomonosov-Mirzo Ulug‘bek» ilmiy-o‘quv markazi ochildi

18 oktyabr kuni O‘zMUga Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik Viktor Sadovnichiy boshchiligida universitetning bir qator vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetda «Lomonosov-Mirzo Ulug‘bek» ilmiy-o‘quv markazi ochildi.

Ushbu markaz strategik hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Endilikda O‘zMU va MDU o‘rtasida bir qancha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikda dasturlar tuzilib, ushbu dasturlar asosida talabalarga qo‘shma diplomlar beriladi, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Talabalar nafaqat o‘quv jarayonlarini, balki amaliyotdagi faoliyatlarini ham hamkor universitetda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring