Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMUda mexanika bo‘yicha muhim ilmiy seminar o‘tkaziladi

O‘zMUda mexanika bo‘yicha muhim ilmiy seminar o‘tkaziladi

O‘zMU Mexanika va matematik modellashtirish kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, Abu Rayhon Beruniy  nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Abduvali Begmatovning tavallud topganiga bag‘ishlab, soha bo‘yicha ilmiy seminar tashkil etilmoqda. 

Seminar 2019-yil 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Professor A. Begmatov suyuqlik mexanikasi va amaliy matematika sohalarida ilmiy faoliyat olib boruvchi taniqli olim. Uning ilmiy izlanishlari quyidagi yo‘nalishlarga oid:

-elliptik va parabolik tiplardagi tenglamalar bilan tavsiflanuvchi erkin chegarali (ya’ni masala qaralayotgan sohaning harakatchan chegarasi to‘la yoki qisman noma’lum bo‘lgan) masalalar va integro – differensial tenglamalarni yechish metodlari;
- ko‘p fazali muhitlar mexanikasi va biomexanika;
- o‘zanli oqimlar va cho‘kindilar harakati;
- sug‘orish va melioratsiyaga oid matematik filtratsiya masalalari.     

Bir qator olimlar bilan olib borgan izlanishlarida Orol dengizi va uning atrofidan tuz va qumlarning shamol bilan ko‘chishi matematik modelini taklif etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring