Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Petitsiya sababli sirtqi ta’lim kontrakt narxi tushirilishi mumkin

Petitsiya sababli sirtqi ta’lim kontrakt narxi tushirilishi mumkin

«Mening fikrim» veb-portalida fuqaro Asliddin Qudratov tomonidan yuborilgan «Sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida»gi petitsiyasi yetarli ovoz (10 211 ta) to‘plagan.

Endilikda bu murojaat Qonunchilik muammolari instituti tomonidan 17 iyundan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat VMga kelib tushgan paytdan e’tiboran 60 kundan oshmasligi kerak.

VM natijalari moderator tomonidan «Mening fikrim» portaliga joylashtiriladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring