Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonlik magistrlar Toshkentda ish o‘rganmoqda

Qozog‘istonlik magistrlar Toshkentda ish o‘rganmoqda

Foto: Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti

Qarag‘anda davlat texnika universiteti va Janubiy Qozog‘iston davlat universitetlarining magistrantlari Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Ikki davlat yosh mutaxassislarining bu galgi ilmiy muloqoti temir yo‘llari sohasida axborot texnologiyalari, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy qilishdagi integratsion jarayonlarga qaratildi.

Xorijlik talabalar TTYTMI ilmiy laboratoriyalarda bo‘lib, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar tomonidan yetakchi professorlar ko‘magida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, saralash va tahlil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Avvalroq, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti matbuot xizmati joriy yilgi bitiruvchilar to‘liq ishga joylashgani xususida xabar bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring