Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli kuchlar akademiyasi o‘qituvchilari maktablarga bormoqda

Qurolli kuchlar akademiyasi o‘qituvchilari maktablarga bormoqda

Foto: «Xabar.uz»

Vatanni anglash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishni quruq gap yoki ma’ruzalar bilan amalga oshirib bo‘lmasligini tajribalar allaqchon isbotlagan.

«Vatan ostonadan boshlanadi» degan hikmat bejiz emas. Modomiki, vatan ostonadan boshlanar ekan, uning muqaddas ekani, yurtni himoya qilish sharafli burch ekanini yosh avlodga  iloji boricha ertaroq anglatib borish talab etiladi. Bu boradagi konseptual g‘oyani amalga oshirish uchun Qurolli Kuchlar akademiyasining professor-o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan.

Kuni kecha akademiyaning «Chegara qo‘shinlari xizmati va taktikasi» kafedrasi o‘qituvchilari poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-sonli o‘rta maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan jonli muloqot o‘tkazdi. Unda  Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ko‘plab savollarga javob qaytarildi. E’tiborlisi, maktab rahbariyati va kafedra o‘rtasida hamkorlikda xayrli ishga asos solindi. Ya’ni, maktabning 5, 6, 7-sinf o‘quvchilaridan iborat «Yosh chegarachilar to‘garagi» tashkil etildi. Ayni paytda to‘garak faoliyatini shakllantirish ishlari boshlab yuborildi va har oyning oxirgi haftasida akademiya o‘qituvchilari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib olindi.

I.Xolmirzayev, Akademiya katta o‘qituvchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring