Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurolli mojarolar hududidan qaytgan bolalarga maxsus mobil maktab tashkil qilindi

Qurolli mojarolar hududidan qaytgan bolalarga maxsus mobil maktab tashkil qilindi

Illyustrativ foto

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yaqin Sharq hududlaridagi uzoq davom etgan qurolli mojarolardan qaytgan bolalarga 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan sovg‘alar topshirildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Mehr» dasturi doirasida Yaqin Sharq hududidan O‘zbekistonga 156 nafar ayollar va bolalar qaytarildi. O‘g‘il-qizlar orasida 40 nafardan ziyod maktab yoshidagi o‘quvchilar  mavjud.

Ular uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyatida maxsus mobil maktab tashkil etildi. O‘quvchilar yoshidan kelib chiqib, boshlang‘ich va yuqori sinflarda ta’lim-tarbiya olmoqda.

O‘quvchilarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish maqsadida 10 nafar pedagog hamda 20 nafar psixologdan iborat mahoratli va bilimli mutaxassislar jamoasi shakllantirildi. Mutaxassislar ishlaydigan kontingent maxsus tayyorgarlik talab etishini inobatga olib, ular 36 soatlik «Tanglik vaziyatda qolgan bolalar bilan ishlash» mavzusida maxsus kursda o‘qitildi.

Hozirda reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilib, o‘quvchilar bilan pedagogik-psixologik va ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘quvchilar o‘zlarini qulay va xavfsiz xis etishlari uchun mobil maktab (2 ta sinf xona) parta va boshqa kerakli jihozlar bilan bezatildi. Shuningdek, bolalarga 12 nomdagi o‘quv qurollari, maktab darsliklari va badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring