Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirildi

Rasman! Majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirildi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida majburiy formani joriy etish muddati kechiktirildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berib o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorning 3-bandidagi va 7-bandining uchinchi xatboshisidagi «2019/2020 o‘quv yilidan boshlab» so‘zlari «2024/2025 o‘quv yilidan boshlab» so‘zlari bilan almashtirilgan. Shu tariqa o‘rta ta’lim maktablarida majburiy forma 5 yildan so‘ng joriy etilishi belgilab olindi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov zimmasiga yuklatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring