Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi 26ta OTM talabalari o‘qishini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirishi mumkin

Rossiyadagi 26ta OTM talabalari o‘qishini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirishi mumkin

Foto: «Google.com»

27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibiga ham o‘zgarish kiritildi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan Rossiya Federatsiyasi OTMlarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishi O‘zbekiston OTMlariga sinovlarsiz, ya’ni test, yozma ishsiz to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirilishi belgilandi.

Demak, yangi tartibga ko‘ra, endilikda TOP-1000 dan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar hech qanday to‘sqinliklarsiz, qo‘shimcha imtihonlar topshirib o‘tirmasdan, shunchaki ariza berish orqali o‘qishini yurtimizga ko‘chirishlari mumkin. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev ma’lumot berib o‘tdi.

— «Rossiyadagi qaysi OTMlar TOP-1000 talikka kirgan?» degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy albatta. Shuni inobatga olib, bizda tan olinadigan QS, ARWU va THE xalqaro reytinglarida kuchli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari ro‘yxatini shakllantirib chiqdim. Unga ko‘ra, Rossiyaning quyidagi 26 ta OTMlaridan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkin bo‘ladi:

1. Bauman Moscow State Technical University
2. Far Eastern Federal University
3. Higher School of Economics (HSE University)
4. ITMO University
5. Kazan (Volga region) Federal University
6. Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod
7. Lomonosov Moscow State University
8. MEPhI (Moscow Engineering Physics Institute)
9. Moscow Institute of Physics and Technology (MIPT / Moscow Phystech)
10. Moscow State Institute of International Relations (MGIMO University)
11. Moscow State University
12. Novosibirsk State Technical University
13. Novosibirsk State University
14. Peter the Great Saint-Petersburg Polytechnic University
15. Plekhanov Russian University of Economics
16. RUDN University
17. Saint Petersburg State University
18. Samara National Research University (Samara University)
19. Samara State Aerospace University
20. Saratov State University
21. Southern Federal University
22. The National University of Science and Technology MISIS
23. Tomsk Polytechnic University
24. Tomsk State University
25. Ural Federal University - UrFU
26. Voronezh State University

Ma’lumot o‘rnida: yuqoridagi ro‘yxat har yili qayta tasdiqlanadi (ko‘payishi yoki kamayishi mumkin).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring