Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning yana bir universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Rossiyaning yana bir universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Foto: Toshkent davlat pedagogika universiteti

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan 2019-yilning 18-19-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga tadbiq etish ishlari davom etmoqda.

Ta’lim forumida erishilgan kelishuvlarni amalga tadbiq etish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universitetiga Voronej davlat universiteti rektori Yendovitskiy D.A. tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, Toshkent davlat pedagogika universiteti Voronej davlat universiteti bilan kelgusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni almashish dasturlari, ERASMUS xalqaro loyihasi doirasida hamkorlik, aspirantura dasturlari bo‘yicha hamkorlikda ta’limni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda ish olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat pedagogika universiteti Rossiyaning yetakchi ta’lim muassasalaridan Moskva davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Omsk davlat pedagogika universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti bilan ta’limning turli sohalarida hamkorlik qilib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring