Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDTUning ayrim ta’lim dasturlari Yevroosiyoning nufuzli reyting agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi

SamDTUning ayrim ta’lim dasturlari Yevroosiyoning nufuzli reyting agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida talaba va yosh olimlarning 78-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

«Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» deb nomlangan mazkur ilmiy-amaliy anjuman doirasida Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya va O‘zbekistonning 80 dan ortiq tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarining talaba va yosh tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Konferensiya o‘z ishini 25 ta shu’balar yilig‘ilishida boshlab, unda iqtidorli talaba va yosh tadqiqotchilarning 800 dan ortiq ilmiy taqdimotlari tinglandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ta’lim dasturlari «ECAQA» (Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevrosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tganligi tasdiqlanib, SamDTU rektori Jasur Rizayevga sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, baholash natijalariga ko‘ra «Davolash ishi» (o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ta’lim) hamda «Stomatologiya» ta’lim dasturlari 5 yil muddatga to‘liq akkreditatsiya qilindi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring