Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov: «Forma masalasiga nuqta qo‘yish vaqti keldi»

Sherzod Shermatov: «Forma masalasiga nuqta qo‘yish vaqti keldi»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida «O‘zbekiston 24» telekanali orqali maktab formasi haqida namoyish etilgan videolavha yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

«Xalq ta’limi tizimidagi faoliyatimizning birinchi kunlarida maktablarda juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolganligi, ular qolib ikkinchi darajali bo‘lgan forma haqida juda ko‘p muhokamalar bo‘layotgani haqida aytib o‘tgan edik.

Lekin, afsuski, xaligacha shu masala muhokama qilinmoqda. Menimcha, ushbu masalaga nuqta qo‘yish vaqti keldi»,-degan Shermatov.

«O‘qituvchilarimizning obro‘sini to‘kishga emas, oshirishga harakat qilaylik. O‘zi shundoq ham yaxshi o‘qituvchi topish qiyin»,- qo‘shimcha qilgan vazir, - «Agarda kiyimiga e’tiroz bo‘lsa, uni ommaga muammo qilib ko‘rsatgandan ko‘ra o‘qituvchini o‘ziga aytib qo‘yish yaxshiroq. O‘zi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda, iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib bo‘lmaydigan qilib, yuzini ko‘rsatmasdan amalga oshirish to‘g‘ri bo‘ladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy ta’sir qiladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring