Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov: «Xalq ta’limi xodimlariga tazyiq kuzatilsa, ular bilan Bosh prokuratura shug‘ullanadi»

Sherzod Shermatov: «Xalq ta’limi xodimlariga tazyiq kuzatilsa, ular bilan Bosh prokuratura shug‘ullanadi»

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlikning «Facebook»dagi sahifasida 17-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Prezidentimiz tomonidan 17-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishni xalq ta’limi sohasida inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan tarixiy voqea, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan buyon endi barcha davlat idoralari maktab va o‘qituvchilar faoliyatiga xalaqit qilishi emas, balki ko‘maklashishi kerak! Aks holda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi siyosatga qarshi chiqqan bo‘ladi!», — dedi vazir.

«Yurtimizni kelajakda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qatorida ko‘rish uchun aynan maktab ta’limiga sarmoya kiritish va o‘qituvchilarimizning jamiyatdagi hurmatini oshirish muhimligini davlatimiz rahbari bir necha bor ta’kidlab o‘tdi va tegishli topshiriqlar berdi. Shundan keyin ham joylarda xalq ta’limi tizimi xodimlariga tazyiq o‘tkazish holatlari kuzatilsa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bunday holatlarga juda qat’iy chora ko‘rish topshirildi» — qayd etdi Sherzod Shermatov.

Ta’kidlanishicha, barcha darajadagi rahbarlardan Prezidentning xalq ta’limi tizimi xodimlarini o‘z funksional vazifalaridan boshqa ishlarga jalb etmaslik bo‘yicha topshiriqlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlashlarini kutib qolinadi.

Xalq ta’limi tizimining 580 mingdan ortiq vakillari uchun esa bu yig‘ilish o‘ziga xos bayram bo‘lishi bilan birgalikda, juda katta mas’uliyatdir. Davlat rahbari tomonidan yaqin 3-4 yil uchun belgilab berilgan ushbu vazifalarni to‘laqonli va sifatli amalga oshirish uchun soha mutaxassislari bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishi zarur.

«Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan yaqin kunlarda tegishli hujjatlar loyihalari tayyorlanib rahbariyatga kiritiladi», dedi Xalq ta’limi vaziri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring