TalabaExpo–2025 Surxondaryoda — ko‘rgazma qanday o‘tdi!
3 oktyabr kuni Termiz shahrining, «Bobur» istrohat bog‘ida TalabaExpo–2025 kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularning kasbiy yo‘lini belgilash hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yarmarka doirasida quyidagilar taqdim etildi:
- 100 dan oshiq korxona va tashkilotlar
- 1 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar
- Konsultatsiyalar va tadbirkorlik imkoniyatlari
Tadbir yakunlari:
- 9837 kishi yarmarkada ishtirok etdi;
- 3134 nafar ishtirokchi ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tdi;
- 1058 nafar talaba o‘zining kelajak ish joyini tanladi;
- 43 nafar ishtirokchi o‘z biznes loyihalarini taqdim etdi.
NBU ko‘magida:
«Kelajakka qadam» dasturi doirasida, NBU bitiruvchilarning biznes g‘oyalarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uchta yangi kredit mahsulotini taqdim etdi:
- «Kelajakka birinchi qadam»
- «Kelajak yo‘lida start»
- «Yorug‘ kelajak sari»
Barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz!
Aloqa markazi :📞 1344
☎️ (78) 148-00-10


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter