Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar Navro‘zda necha kun dam oladilar?

Talabalar Navro‘zda necha kun dam oladilar?

Navro‘z bayrami arafasida universitet talabalarini necha kun dam olishlari xususida ma’lumot qiziqtirishi tabiiy. Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev mazkur masalaga to‘xtaldi. 

O‘zbekistonda ayrimlarini istisno qilgan holda deyarli barcha OTMlarda 6 kunlik o‘qish belgilangan. Demak, talabalar ham bayram arafasida haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar bilan bir xil dam olishadi. Ya’ni: 21-mart (Navro‘z bayrami), 22-mart (qo‘shimcha dam olish kuni), 24-mart (yakshanba) kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmaydi. 23-mart kuni talabalar o‘qishga boradilar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu taqvimga o‘zgarish kiritish huquqiga ega. Lekin hozircha bu haqida hech qanday xabar berilmagan.

Avvalroq, o‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi xususida ma’lumot berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring