Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’lim sohasida Finlandiya bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Ta’lim sohasida Finlandiya bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati

Bugun, 18 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev boshchiligida Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mariya Liivala, Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yuvyaskul universiteti Global ta’lim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa Finlandiyadagi ta’lim tizimi, faoliyat va yo‘nalishlar doirasida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari, sifatni ta’minlashdagi milliy tizimi, baholash va sifatni boshqarish jarayonlari haqida so‘zladi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish sohasida doimiy hamkorlik olib borish taklifini berdi, deb xabar qilmoqda inspeksiya matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring