Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinovlarida kimlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi?

Test sinovlarida kimlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi?

Foto: «Asr.uz»

Davlat test markazi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha amalda bo‘ladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga kirishda saralash test sinovlari ro‘yxatiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda chet tilini egallash va bilish darajasini baholash uchun joylarda talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda guruhlarni tashkillashtirish, viloyatlarda test sinovlarini tashkil qilish, topshiriq shakllari va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarga doir muhokama jarayoni ketmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring