Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test sinovlarining beshinchi kuni 162 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi

Test sinovlarining beshinchi kuni 162 nafar abituriyent imtihonlardan chetlashtirildi

Foto:«Xalq so‘zi»

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni 1-smenasi 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 35 ta ta’lim yo‘nalishida test sinovlari bir vaqtda soat 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar to‘liq yakunlandi. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Test sinovlarida ishtirok etishi lozim bo‘lgan 30 ming 150 nafar abituriyentdan 29 ming 329 nafar abituriyent ishtirok etdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra test sinovlarida 659 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 162 nafar abituriyent, shundan 94 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 68 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi»,— deya yozgan Aziz Abduhakimov.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 404 nafar guruh nazoratchilari jalb etilgan.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30 dan qaytarish boshlanadi, Toshkent shahrida esa test materiallari 12.00 dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi.

 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring