Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Uning asosiy vazifalari etib hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikda viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan quyidagi va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash belgilangan:

-«Raqamli iqtisodiyot»;

- «Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;

- «Agrobiznes va marketing»;

- «Buxgalteriya hisobi va audit» va b.

Qaror loyihasida Filialga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul kvotalarini belgilash huquqi berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring