Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda koreys standartidagi bog‘cha ochildi (foto)

Toshkentda koreys standartidagi bog‘cha ochildi (foto)

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

2018-yilning 10-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida idora faoliyatining bir yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida matbuot-anjumani o‘tkazildi va Mirzo-Ulug‘bek tumanining 324-sonli MTMga press-tur uyushtirildi.

Vazirlik faoliyatining bir yilligiga bag‘ishlangan tadbirda yakunlar sarhisob qilinib, o‘tgan davr natijalari namoyish qilindi.

OAV vakillari Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 324-sonli MTMga tashrif buyurdilar. Ushbu muassasa xorijiy investitsiya yordamida amalga oshirildi. Ko‘p yillar faoliyat qo‘rsatmay turgan 324-sonli MTMning rekonstruksiyasi Sodjong universiteti va Koreyaning New Millenium Construction kompaniyasi tomonidan moliyalashtirildi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni damda Koreya, Turkiya, Singapur va boshqa mamlakatlar investorlari bilan respublika MTMlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, muassasalar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Qayta ta’mirlash davomida mazkur muassasa koreys standartlariga maksimal darajada yaqinlashtirilib, qayta barpo etildi.

MTM hududi va undagi o‘simliklar bolalarning mintaqaviy va yoshi xususiyatlari hisobga olinib «Ilk qadam» davlat ta’lim dasturi asosida modellashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasi homiylarning mablag‘lari hisobiga Janubiy Koreyadan keltirilgan mebel, sport va o‘yin anjomlari, o‘quv-uslubiy materiallar, o‘yinlar va o‘yinchoqlar, shuningdek, bolalarning tish cho‘tkalarini sterillovchi qurilmalar bilan jihozlangan.

324-sonli MTM davlat muassasi bo‘lib, unga yaqin o‘rtadagi mahallalar oilalarining farzandlari va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining bolalari qatnaydi. Ushbu MTM 2019 yili Toshkentda ochilishi kutilayotgan Sodjong universiteti filialining o‘qituvchi va talabalari uchun keyinchalik tajriba maydonchasi sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Bu MTMda yo‘lga qo‘yilgan yangicha ta’lim yondashuviga oid amaliyotlarni shungdek butun respublika pedagoglari ham qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring