Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijiy diplomlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi

Xorijiy diplomlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi

AOKA huzuridagi shtabda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

— Men diplom nostrifikatsiya qilish uchun hujjatlarimni topshirgan edim, karantin sababli imtihon qoldirildi, imtihonlar qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldimi?
— Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun testlarni dastlabki bosqichini sinov tariqasida poytaxtimizga yaqin hududlarda o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra test o‘tkaziladigan kunlar joriy yilning 18 iyun kuni boshlanadi. Imtihon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi binosida bo‘lib o‘tadi.

Imtihonda «Huquqshunoslik», Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladi.

Inspeksiya tomonidan imtihonda ishtirok etuvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxatga poytaxtimiz Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi. Sinovlar karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkaziladi.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi bo‘lmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar asosida keyingi bosqichlarda epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgan hududlarda hududning o‘ziga borgan holda testlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring