Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XTV bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etadi

XTV bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etadi

Vazirlik hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali ochiq muloqot o‘tkazadi.

Muloqot davomida maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun:

  • oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish;
  • yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlash;
  • test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
  • Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bilan bog‘liq savollarga Oliy ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi ekspertlaridan ham javob olish imkoni bo‘ladi.

Bundan tashqari bitiruvchilar nodavlat o‘quv markazlarining eng tajribali mutaxasislaridan (repetitor) test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maslahatlar olishi mumkin.

Savollarni Ochiq muloqot tashkil etilayotgan vaqt davomida izohlarda qoldirish mumkin bo‘ladi.

Shu o‘rinda barcha maktab ma’muriyatlaridan bitiruvchilarning mazkur Ochiq muloqotda qatnashishlari uchun karantin qoidalariga rioya qilgan holda AKT xonalarida zarur shart-sharoit yaratib berishlari so‘raladi.

Ochiq muloqot vaqti: 2️3️-mart kuni soat 11:00 da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring