Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir soha vakillarining oylik maoshi oshirildi

Yana bir soha vakillarining oylik maoshi oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

  • 2019-yil 1-martdan «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarining rahbarlari va tarbiyachilari, xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasi 1,5 barobarga oshiriladi va umumta’lim maktablari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilanadi;
  • 2019-yil 1-oktyabrdan tarbiyachilarning bazaviy tarif stavkalari maktablar bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi;
  • 2019-yil 1-martdan oilaga tarbiyaga olingan har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qiladi;
  • 2019-yil 1-oktyabrdan nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining rahbarlari va tarbiyachilariga ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to‘lanadi;
  • vasiylik va homiylik organlari xodimlariga transport xarajatlari uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi;
  • oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi «Mehribonlik» uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi.

«Ishonch telefonlari» orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish tizimi tashkil qilinadi.

Tarbiya muassasalari quyidagilardan ozod etildi:

  • yetim bolalarni joylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishdagi to‘lovlardan;
  • yetim bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji va boshqa to‘lovlardan.

Banklar yetim bolalarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda imtiyozli ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring