Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tasdiqlangan maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

Tasdiqlangan maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra  «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini inobatga olgan holda hududlarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirishi belgilandi. Bu xaqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Endilikda hududiy hokimliklar, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda 2018-yil avgust oyidan boshlab maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar) markazlarida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etadi.

Bugungi kunda umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qat’iy belgilangan maktab formalari Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qator davlatlarda amaliyotga joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring