Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3D-printer yordamida to‘laqonli avtomobil chop etildi

3D-printer yordamida to‘laqonli avtomobil chop etildi

Foto: «Hi-News»

«Siemens» kompaniyasi mutaxassislari Kaliforniyaning «Hackrod» korxonasi ekspertlari bilan hamkorlikda 3D-printer yordamida ilk bor to‘laqonli avtomobilni chop etishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-News».

«La Bandita» nomini olgan avtomobilni loyihalash jarayonida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Muhandislar uning kuzovini virtual reallikda loyihalagan, barcha hisob-kitoblar va dastlabki test sinovlarini sun’iy intellekt amalga oshirgan.

«Avtomobilni yaratishda shunchaki professionallar guruhi emas, balki avtobillarning ashaddiy muxlislari mehnat qildi. Metall va alyuminiydan yaratilgan avtomobil — bu kelajakda har bir inson o‘z orzusidagi mashinaga ega bo‘la olishini bildiradi», — deydi loyiha mualliflari.

«La Bandita» avtomobili yagona nusxada chiqarilgan, biroq loyiha asoschilarining ta’kidlashicha, 3D-bosmaning o‘ziga xos jihatlariga ham bor. Xususan, mashina detallari va korupusning turli elemetlariga osonlikcha o‘zgartirish kiritish va uni «bosishga yuborish» mumkin. «Hackrod» va «Siemens» kompaniyalari kelajakda xaridorlarning buyurtmasi asosida turli avtomobillarni yaratishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring